Samarqandda o‘tkazilgan “Jasorat va matonat” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
2026-08-22 18:00:00 / Yangiliklar
Samarqand shahrida mahalla yoshlari o‘rtasida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun tashkil etilgan “Jasorat va matonat” sport musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Buxoro viloyati jamoasi
🥈 2-o‘rin — Andijon viloyati jamoasi
🥉 3-o‘rin — Toshkent shahri jamoasi

Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mahalla yoshlari ishtirok etib, sport va intellektual shartlarda o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.
Musobaqaning yakuniy tadbirida so‘zga chiqganlar yoshlarni munosib ishtiroki va erishgan natijalari bilan tabrikladi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









