YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI
2026-08-21 10:35:00 / Yangiliklar
Muborak NGQChB OFVB harbiy xizmatchilari tomonidan ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari xodimlari bilan hamkorlikda “Dolzarb-60 kun” tadbirlari doirasida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashda asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar, yong‘inlarning oldini olish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish hamda mavjud yong‘in o‘chirish vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ko‘ngilli yong‘in o‘chirish drujinalari a’zolarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.




