«Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti
2026-08-19 15:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yig‘ilish bayoni, «Dolzarb 60 kun» tadbirlari hamda «Mustaqilligimizning 35-yilligi» bayramini betalofat o‘tkazish maqsadida «Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida ishchi-xizmatchilar, fuqaro muhofazasi tuzilmalari va FVDqT xizmatlarining favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, oqibatlarini bartaraf etish va xodimlarning hushyorligini oshirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalar mustahkamlandi.






