Yong‘in xavfsizligi — barchamizning mas’uliyatimiz!
2026-08-20 15:35:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati FVB shahar va tuman FVB xodimlari tomonidan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik subyektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik yo‘riqnomalar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida fuqarolar va tadbirkorlarga yong‘inlarning oldini olish, elektr jihozlari va gaz moslamalaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Oddiy ehtiyotsizlik katta yong‘in va og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Xavfsizlik qoidalariga amal qilish — har birimizning burchimiz!









