KIBERSPORT BO‘YICHA VILOYAT BIRINCHILIGI
2026-08-20 16:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchilar va xizmatchilardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida kibersport yo‘nalishi bo‘yicha viloyat birinchiligi tashkil etildi.

Musobaqaning asosiy maqsadi — xodimlarning zamonaviy axborot texnologiyalari, dron va robototexnika sohalaridagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar tezkor fikrlash, texnik bilim va mahorat, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini namoyon etdilar.
Gʻoliblar boshqarma boshligʻining estalik sovgʻasi va diplomi bilan taqdirlandi va respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.









