KITOB — QALB MA’RIFATI, TAFAKKUR — YUKSALISH POYDEVORI!
2026-08-18 10:35:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida kitob mutolaasining inson ma’naviyati va dunyoqarashini boyitishdagi o‘rni, badiiy adabiyotning qalb tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar almashildi. Ishtirokchilar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlar, ulardan olgan taassurotlari va hayotiy xulosalari bilan o‘rtoqlashdilar.
✨ Zero, kitobxon ayol — ma’rifatli oila, ma’rifatli jamiyat va farovon kelajak bunyodkoridir.
📚 Kitob o‘qigan qalb — ezgulikka, tafakkurga va yuksalishga intiladi!




