“JASORAT MAKTABI” — YOSHLARDA VATANPARVARLIK VA MATONATNI SHAKLLANTIRISH MASKANI
2026-08-15 10:00:00 / Yangiliklar
Yosh avlodni Vatanga sadoqat, qat’iyat va yuksak fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Jasorat maktabi” harbiy o‘quv yig‘inining 3-mavsumiga start berildi.

Buxoro shahridagi harbiy qismda yig‘in ishtirokchilari bilan “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi. Unda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi, kuch tuzilmalari faxriylari hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar bilan Vatanga sadoqat, harbiy xizmat mas’uliyati, hayotiy tajriba va yurt tinchligini asrash kabi muhim masalalar yuzasidan samimiy muloqot o‘tkazildi.
Shuningdek, “Yoshlar front ofisi” loyihasi a’zolari va ularning ota-onalariga Yoshlar ishlari agentligi direktorining Tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.






