AHOLINI TAYYORLASH TADBIRLARI
2026-08-14 10:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv Markazi xodimlari tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyat mintaqaviy filiali rahbar va ishchi xodimlari shartnoma asosida “Favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish va Fuqaro muhofazasi” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tkazilmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartibi, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda.
Shuningdek, turli favqulodda holatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilib, ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasi yanada oshirilmoqda.



