YONGʻIN-PORTLASHGA XAVFLI OBYEKTLARDA XAVFSIZLIK QOIDALARI
2026-08-11 14:00:00 / Yangiliklar

Quyidagi qoidalarga amal qiling:
🔥Xavfsizlik belgilariga va ogohlantiruvchi yozuvlarga qatʼiy rioya qiling.
🔥Begona shaxs sifatida ruxsatsiz xavfli hududlarga kirmang.
🔥Ochiq olov yoqmang, chekmang va uchqun chiqaruvchi buyumlardan foydalanmang.
🔥Yonuvchi va portlovchi moddalarni faqat belgilangan joylarda saqlang hamda ulardan foydalaning.
🔥Elektr jihozlaridan faqat soz holatda foydalaning, nosoz uskunalarni ishlatmang.
🔥Gaz hidi, tutun yoki avariya alomatlarini sezsangiz, elektr jihozlarini yoqmang, hududni zudlik bilan tark eting va mas’ul xodimlarga xabar bering.
🔥Evakuatsiya yoʻlaklari va favqulodda chiqish eshiklarini buyumlar bilan toʻsib qoʻymang.
🔥Yongʻin oʻchirish vositalari joylashgan oʻrinlarni oldindan bilib oling va ulardan toʻgʻri foydalanishni oʻrganing.
🔥Xavfli hududlarda bolalarni qarovsiz qoldirmang hamda ularning kirishiga yoʻl qoʻymang.
🔥Favqulodda vaziyat yuzaga kelganda vahimaga berilmang, mas’ul xodimlar va qutqaruvchilar ko’rsatmalariga amal qiling.
🔥Yongʻin yoki portlash xavfi yuzaga kelgan taqdirda darhol "112" raqamiga qoʻngʻiroq qiling.
Unutmang! Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish yongʻin va portlashlarning oldini olishning eng samarali yoʻlidir. Har bir fuqaroning ogohligi oʻz hayoti va atrofdagilar xavfsizligini saqlashga xizmat qiladi.
