BNQIZ MCHJ da yong`in o`chirish amaliy-taktik mashqi oʻtkazildi.
2026-08-10 14:05:00 / Yangiliklar
Tadbir davomida, havo harorati koʻtarilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligini ta'minlash maqsadida obyektdagi texnologik qurilmalarda, omborlarda yonuvchi modda va materiallarni saqlash holati, rezervuarlar, maishiy texnikalar, suv taminoti va yongʻin oʻchirish avtomatika qurilmalarining sozligi ko’zdan kechirildi.

Shuningdek, obyekt ishchi-xizmatchilari bilan profilaktik suhbat hamda yoʻriqnomalar oʻtkazilib, aniqlangan kamchilklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.






