Vobkent tumanida "Kuydirgi kasalligi tarqalishining oldini olish" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
2026-08-08 15:15:00 / Yangiliklar
O‘quv mashqi davomida mutaxassislar tomonidan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar etiologiyasi, klinikasi, davolash usullari hamda profilaktikasi bo‘yicha tushunchalar berilib, kuydirgi kasalligiga gumon qilingan holatlarda tegishli xizmatlar hamkorligini ta'minlash tartibi amaliy bajarib ko‘rildi.

O‘quv mashqi yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.









