Viloyat hududidagi suv olish inshootlarining shayligini taʼminlash masalalari muhokama qilindi
2026-07-29 12:20:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan viloyat hududidagi suv olish inshootlarining texnik sozligi va favqulodda vaziyatlarga shayligini taʼminlash maqsadida seminar tashkil etildi.

Seminarda Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, suv taʼminoti hamda yoʻl qurilishi tashkilotlari masʼul xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida suv olish inshootlarining doimiy ishchi holatda saqlanishi, yongʻin-qutqaruv texnikalarining suv manbalaridan uzluksiz foydalanishini taʼminlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni amalga oshirish, suv olish inshootlarini muntazam nazoratdan oʻtkazish hamda ularning texnik holatini doimiy monitoring qilib borish boʻyicha tavsiyalar berildi.




