Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘quv-seminar o‘tkazildi
2026-07-28 11:00:00 / Yangiliklar

Seminar boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari rahbarligida o‘tkazilib, unda "Ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik mashg‘uloti", "Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni" hamda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, ularning mazmun va samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir davomida shaxsiy tarkibning ma'naviy-axloqiy salohiyatini yuksaltirish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, xizmat intizomini kuchaytirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom ma'naviy muhitni yanada mustahkamlash yuzasidan mas'ul topshiriqlar yuklatildi.





