Qurilish obyektlari va ishlab chiqarish sexlarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha profilaktik targʻibot ishlari olib borildi
2026-07-29 10:10:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hududdagi qurilish obyektlari hamda ishlab chiqarish sexlarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik targʻibot ishlari amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida ishchi-xodimlarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etish, elektr jihozlari va payvandlash ishlari vaqtida ehtiyot choralarini koʻrish, yonuvchan materiallarni belgilangan tartibda saqlash hamda birlamchi yongʻin oʻchirish vositalaridan toʻgʻri foydalanish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, obyektlarda mavjud yongʻin xavfsizligi holati oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.









