Buxoro shahrida amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-07-21 14:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati FVB tomonidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” konteynerlari Buxoro viloyat uchastkasi logistika markazida amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida shartli favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilish, jabrlanganlarni qutqarish, yong‘inni bartaraf etish hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi amaliy sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv mashqi yakunida barcha kuch va vositalarning shayligi hamda hamkorlikdagi harakatlari yuqori baholandi.









