Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida o‘quv seminari tashkil etildi
2026-07-22 14:50:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida Buxoro shahridagi tashkilotlar qo‘riqchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi mutaxassislari tomonidan aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash hamda fuqaro muhofazasi yo‘nalishlarida ma’ruzalar o‘qildi.
Mashg‘ulotlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish tartibi, birlamchi xavfsizlik qoidalari, aholini ogohlantirish tizimi hamda fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi. Seminar yakunida tinglovchilarning mavzu bo‘yicha savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.




