AYOLLAR SALOMATLIGI YOʻLIDA...
2026-07-22 10:30:00 / Yangiliklar
Buxoro harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi 4-son oilaviy poliklinikada Mudofaa vazirligi, DXX, FVV, Bojxona, Milliy gvardiya hamda IIV Qorovul qoʻshinlari tizimidagi harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar oilalari, ayol harbiy xizmatchilar va xodimlar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etildi.

Koʻrik davomida terapevt, kardiolog, jarroh, pediatr, LOR, oftalmolog va boshqa mutaxassislar tomonidan tibbiy koʻrik hamda laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilib, ishtirokchilarga zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, ayollar salomatligini mustahkamlash va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan maxsus tekshiruvlar ham amalga oshirildi.







