Qorovulbozor neft quyish estakadasida "Dolzarb 60 kun" profilaktik tadbiri amalga oshirilmoqda.
2026-07-21 13:30:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir doirasida ishchi-xizmatchilar o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tadbir davomida havo haroratining keskin ko‘tarilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari, shuningdek, bunday holatlar sodir bo‘lganda xodimlarning harakat qilish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib borildi. Ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, ishlab chiqarish hududlarida hushyorlikni kuchaytirish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish zarurligi alohida ta'kidlandi.



