AHOLINI TAYYORLASH TADBIRLARI
2026-07-15 10:55:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali hamda Endokrinologiya boʻlimi ishchi-xodimlari shartnoma asosidagi 24 soatlik dastur bo‘yicha favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha tayyorgarlikdan oʻtdi.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarga favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri harakat qilish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda fuqaro muhofazasi yo‘nalishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.



