Kitob – ma’naviyat va tafakkur manbai!
2026-07-03 14:30:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlarida “Ochiq eshiklar kuni” hamda kitob yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Tadbirlar davomida xodimlar va tashrif buyuruvchilar uchun turli mavzulardagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni va ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, “Ochiq eshiklar kuni” doirasida ishtirokchilar Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari faoliyati, zamonaviy maxsus texnikalar va qutqaruvchilarning kundalik xizmat jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Bunday tadbirlar kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat va kasbga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar tizimi faoliyatini keng jamoatchilikka tanishtirishga xizmat qilmoqda.






