AHOLINI TAYYORLASH TADBIRLARI
2026-06-10 11:30:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida xodimlarning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishini takomillashtirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish algoritmi, bemorlar va xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish tartiblari, shuningdek, birinchi yordam va yong‘inga qarshi vositalardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbir yakunida mutaxassislar ishtirokchilarning savollariga javob berib, bunday o‘quv mashg‘ulotlari tibbiyot xodimlarining sergakligi va xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.



