PSIXOLOGIK TRENING
2026-06-10 10:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan inspektorlar ishtirokida psixodiagnostik tekshiruvlar va psixologik trening mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi xodimlarning individual-psixologik xususiyatlarini, kasbiy faoliyatga bo‘lgan motivatsiyasini, ruhiy-emotsional holatini hamda xizmat faoliyati jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan psixologik omillarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Psixodiagnostik tekshiruvlar davomida xodimlarning stressga chidamlilik darajasi, muloqotga kirishuvchanligi, nizoli vaziyatlarda o‘zini tutish xususiyatlari, hissiy barqarorligi va kasbiy moslashuv ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Olingan natijalar asosida har bir xodimning psixologik holati yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi




