GAZ TOʻLDIRISH SHAHOBCHALARIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILDI
2026-06-09 17:30:00 / Yangiliklar
G‘ijduvon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan avtomobillarga yoqilg‘i va siqilgan hamda suyultirilgan gaz quyish shoxobchalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda texnik xavfsizlik holatini o‘rganish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida shoxobchalarda yong‘in o‘chirish vositalarining sozligi va yetarliligi, xodimlarning favqulodda vaziyatlarda harakatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari, elektr jihozlari hamda gaz uskunalarining texnik holati, evakuatsiya yo‘laklarining holati va xavfsizlik belgilarining mavjudligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.






