Qahramon xotirasi — qalblarda mangu
2026-06-09 09:30:00 / Yangiliklar

Tadbirda marhumning oila aʼzolari, mahalla faollari, ustozlari hamda u taʼlim olgan maktab jamoasi ishtirok etdi. Kecha davomida Baxtiyor Olimovning hayot yoʻli, kasbiga boʻlgan sadoqati, yuksak insonparvarlik fazilatlari va Vatan ravnaqi yoʻlidagi fidokorona xizmati alohida ehtirom bilan yodga olindi. Uning yorugʻ xotirasi ishtirokchilar qalbida yana bir bor faxr va iftixor tuygʻularini uygʻotdi.
Shuningdek, vazirlik masʼullari va boshqarma rahbariyati marhumning xonadoniga tashrif buyurib, uning ota-onasi va yaqinlari bilan samimiy muloqot qildi. Suhbat chogʻida Vatan va xalq xizmati yoʻlida munosib farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun oila aʼzolariga chuqur minnatdorlik bildirildi.
Taʼkidlanganidek, Baxtiyor Olimovning jasorati, fidoyiligi va kasbiga boʻlgan sadoqati yosh avlod uchun ibrat namunasi boʻlib qoladi. Uning porloq xotirasi xalqimiz qalbida hamisha yashaydi va ehtirom bilan yod etiladi.
Uchrashuv davomida oila aʼzolari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar belgilangan tartibda vazirlik rahbariyatiga yetkazilishi maʼlum qilindi. Uchrashuv samimiy ruhda oʻtib, marhum haqidagi ezgu xotiralar va iliq yodnomalarga boy boʻldi.





