AHOLINI FV DA TAYYORLASH TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2026-06-08 10:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi xodimlari tomonidan Buxoro shahrida joylashgan 32-son umumta’lim maktabida yozgi ta’tilni mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan “Kamalak” yozgi sog‘lomlashtirish maydonchasi tarbiyalanuvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Shuningdek, Markaz tomonidan shartnoma asosida Respublika oʻrta tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish instituti Buxoro filiali xodimlarining favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha bilim va koʻnikmalari oshirildi.




