"PORLOQ KELAJAK" OROMGOHIDA MTOʻM
2026-06-06 13:30:00 / Yangiliklar
Vobkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan “Porloq kelajak” bolalar dam olish oromgohida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Tadbir davomida oromgoh xodimlariga yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, evakuatsiya qoidalariga rioya etish hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi.
Shuningdek, shartli yong‘in holati bo‘yicha amaliy mashq o‘tkazilib, ishtirokchilarning evakuatsiya harakatlari sinovdan o‘tkazildi.









