HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI
2026-06-04 15:15:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida"Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni" doirasida “Ekologiya, atrof-muhitni asrab-avaylash – kelajak avlod oldidagi burchimizdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida ekologik muammolar, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga tabiatni asrash, yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati yakunida har bir fuqaro va harbiy xizmatchining tabiatni asrash, ekologik muhitni yaxshilash hamda kelajak avlod uchun musaffo atrof-muhitni saqlab qolishdagi mas’uliyati alohida ta’kidlandi.









