SAYYOR QABUL
2026-06-03 15:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyatining Romitan tumanida ommaviy sayyor qabuli o'tkazildi. Sayyor qabulda soha xodimlari hamda fuqarolar murojaatlari o'rganildi.

Fuqarolar tomonidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati nomiga 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar mazmuniga ko‘ra boshqarma vakolati bo‘yicha hal etildi, ayrim murojaatlar tegishliligi bo‘yicha yo‘naltirildi.
Shu kuni Buxoro tumanida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi tomonidan ham sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, tegishliligi boʻyicha hal qilindi.



