BNQIZ DA PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA.
2026-06-02 10:10:00 / Yangiliklar
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi Obyektlarda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektorlari tomonidan korxonaning ma’muriy binosida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlar bilan yong‘inlar hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish hamda birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, korxona hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni kamaytirish, xodimlarning hushyorligi va mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilib, profilaktik targ‘ibot materiallari tarqatildi.



