“Bir qizni o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitasiz”
2026-06-02 14:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Bir qizni o‘qitsangiz, butun oilani o‘qitasiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda boshqarma harbiy xizmatchi va xizmatchi xotin-qizlari hamda ularning qiz farzandlari faol ishtirok etdi. Tadbir davomida qizlarning ta’lim olishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, ma’naviy barkamol, vatanparvar va intellektual salohiyatli avlod bo‘lib voyaga yetishining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga oilada ta’lim-tarbiyaning o‘rni, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni ilm-fan va kasb-hunarga qiziqtirish borasida tavsiyalar berildi.
Tadbir samimiy muloqotlar, ma’rifiy chiqishlar va qiziqarli suhbatlarga boy tarzda o‘tdi.








