Malaka toifasi uchun jismoniy tayyorgarlik va test sinovlari o‘tkazildi
2026-05-30 14:15:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar uchun malaka toifasini aniqlash va kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash maqsadida jismoniy tayyorgarlik hamda test sinovlari o‘tkazildi.

Sinovlar belgilangan tartib va me’yoriy talablar asosida tashkil etilib, unda harbiy xizmatchilarning jismoniy chiniqqanligi, xizmat vazifalarini bajarishga tayyorligi, shuningdek, nazariy bilimlari kompleks ravishda baholandi. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarida ishtirokchilar yugurish, turnikda tortilish, kuch va chidamlilikni sinovdan o‘tkazuvchi mashqlarni bajarish orqali o‘z imkoniyatlarini namoyon etdilar.
Test sinovlari davomida esa favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, qutqaruv ishlarini tashkil etish, xizmat faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda kasbiy bilimlar yuzasidan savollar berildi.









