Tizimdagi xotin-qizlar e’tiborda: Buxoroda favqulodda vaziyatlar sohasi ayollari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
2026-05-20 16:00:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida boshqarma va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan tadbirda tizimda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishlari uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida boshqarma boshlig‘i ayol xodimalarning murakkab va mas’uliyatli sohadagi fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Shuningdek, xodimalarning kasbiy mahoratini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va oilaviy sharoitlarini yaxshilash borasida mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.





