NODAVLAT TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARI BILAN MUHIM MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-04-28 12:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasihamkorligida viloyat hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat maktablar va o‘quv kurslari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, binolarning texnik holati, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish hamda o‘quvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Tadbirda soha mutaxassislari tomonidan amaliy tavsiyalar berilib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.









