Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni
2026-04-23 10:50:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida “Demokratik jamiyatni barpo etishda dinshunoslikning dolzarb muammolari” mavzusida mazmunli ma’ruza qilindi.
Ma’ruzada bugungi globallashuv jarayonida turli yot g‘oyalar va noto‘g‘ri talqin qilinayotgan diniy qarashlarning jamiyat barqarorligiga salbiy ta’siri haqida so‘z yuritildi.




