Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Shofirkon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruv qismida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
2026-04-27 14:00:00 / Yangiliklar

O‘rganish jarayonida yangi bunyod etilayotgan inshootlarning sifat darajasi, qurilish ishlari jadalligi hamda zamonaviy talablarga mosligi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, binolarda xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, xizmat samaradorligini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar ham ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, qutqaruvchilar va bo‘lim xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning xizmat faoliyati, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi. Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tizimni yanada takomillashtirish, xodimlar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.



