Korrupsiyaga qarshi tanqidiy yig'ilish o'tkazildi
2026-04-27 10:00:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan tizimda korruptsiyaviy holatlarni oldini olish va bunday illatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda shaxsiy tarkibga korruptsiyaviy holatlarni oldini olish borasidagi tadbirlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar va FVV hamkorligida tashkil etilayotganligi, shu bilan birga, tizimda korruptsiyaga moyilligi bor xodimlarga o‘rin yo‘qligi ta'kidlab o‘tildi.
Yig‘ilish yakunida, davomida ogohlikni oshirish va profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Hurmatli fuqarolar! Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan korruptsiya holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan "1109" qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qiling.





