🎓 Kelajak egalari e’tiborda: Sektor rahbarlari bitiruvchi yoshlar bilan uchrashdi
2026-06-11 10:00:00 / Yangiliklar

Tumanimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb tanlashiga ko‘maklashish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tuman sektor rahbarlari — tuman hokimi, tuman prokurori hamda tuman IIB boshlig‘i ishtirokida bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida rahbarlar yoshlarning kelgusi rejalari bilan qiziqib, ularga hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari bo‘yicha zarur tavsiyalarni berdilar.
Sport — sog‘lom hayot garovi!
Tadbir doirasida sportning kanoeda eshkak eshish turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan va faxrli o‘rinlarni egallagan g‘olib yoshlar alohida e’tirof etildi.
Musobaqa sovrindorlariga tuman sektor rahbarlari tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi. Bu kabi rag‘bat yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga va yangi zafarlarga undashi shubhasiz.
Yoshlarimizning ilm-fan va sport yo‘lidagi intilishlari doimo diqqat markazida!
