Chekko‘prik mahallasida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi
2026-06-12 10:30:00 / Matbuot anjumanlari

Furqat tumani Chekko‘prik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R.Meliqo‘ziev, Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Xalimov, mahalla yettiligi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan qarorlar ijrosining holati hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, ularning samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, aholi farovonligini oshirish, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, to‘y va oilaviy marosimlarni milliy qadriyatlarimizga mos holda, ortiqcha dabdaba va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazishning ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Bu borada mahalla faollari va nuroniylarning mas’uliyati alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi va aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
