🎈 Furqat tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi
2026-04-22 18:10:00 / Press-relizlar
🎈 Furqat tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Furqat tumanida bolajonlar uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.
Ardaxshon mahallasidagi “Tarona” tantanalar saroyida o‘tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi E.Asronqulov ishtirok etib, bolalarni samimiy qutladi hamda ularga ezgu tilaklarini bildirdi.
Tuman hokimi o‘z so‘zida mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama kamol topishi, sifatli ta’lim va tarbiya olishi, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, bolalarning baxtli kelajagi, ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash har birimiz uchun muhim vazifa ekanini qayd etdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R.Meliqo‘ziev, Kengash kotibiyati rahbariyati, tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdilar.
Bayram dasturi doirasida bolalar uchun madaniy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va ko‘ngilochar dasturlar namoyish etildi. “Sulton Saxovat” guruhi tashabbusi bilan bolajonlarga turli sovg‘alar, shirinliklar hamda dasturxon noz-ne’matlari ulashilib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi.
Tadbir davomida yuzlab bolajonlarning chehrasidagi tabassum va shodlik bayramning eng yorqin ifodasi bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi sifatida ahamiyat kasb etmoqda.
Furqat tumani hokimligi barcha bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, ilm-fan va sport sohalarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.








