📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
2026-04-15 11:35:00 / Majlislar

📌 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
— 2026-yil 1-choragi davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan hisobot;
— Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-18-24-11-164-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi;
— Furqat tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to'g'risida.
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12- martdagi KQ-325–V-sonli qarori ijrosi yuzasidan Furqat tumani byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida
Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan masalalar yuzasidan bir qator savollar berildi, tegishli mutasaddilarning hisobotlari tinglanib, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
Yig‘ilish ochiq va ishchan ruhda, konstruktiv muzokaralarga boy tarzda o‘tdi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.
Mazkur yig‘ilish hududda olib borilayotgan islohotlarning izchilligini ta’minlash, byudjet mablag‘larining shaffofligini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
