📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
2026-04-23 11:55:00 / Yangiliklar

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati, tuman Kengashi Kotibiyat mudiri Iftixorjon Jurayev tomonidan Farg‘ona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Begzodjon Raximovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
Deputatlik so‘rovi Furqat tumanida “yashil” energiya loyihasi doirasida ishlab chiqariladigan issiqlik energiyasini aholi, ijtimoiy soha obektlari hamda sanoat korxonalariga yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida yo‘llangan.
Unda Koreyaning “HYUNDAI POWER SYSTEMS” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha asosida ishlab chiqilladigan yashil issiqlik manbayini tarqatish bo'yicha zamonaviy texnologiyali issiqlik tarmog‘ini qurish va “Issiqlik manbai” taqsimlash korxonasini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish so‘ralgan.
Shuningdek, deputat I.Juraev mazkur loyiha doirasida faol ishtirok etib, xorijiy investorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan bir qator muzokaralar olib borgan, xususan Koreya Respublikasiga amalga oshirilgan tashrif davomida loyihani amalga oshirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgan.
✅ Mazkur tashabbus Furqat tumanida markazlashgan “yashil” issiqlik ta’minoti tizimini yaratish, aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini barqaror issiqlik bilan ta’minlash, sanoat korxonalarining uzluksiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, energiya resurslaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish hamda tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi.
Deputatning mazkur so‘rovi va uning ijrosi yuzasidan bu kabi ma’lumotlarni telegram orqali yoritib borish davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.
