BIRINCHI QO‘NG‘IROQ SADOLARI JARANGLADI
2025-09-02 11:00:00 / Yangiliklar

BIRINCHI QO‘NG‘IROQ SADOLARI JARANGLADI
❇️ Bugun Forish tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida 2025 – 2026 yil yangi o‘quv yili boshlandi. Shu munosabat bilan tumandagi barcha umumta’lim maktablarida tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari, mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirok etishdi.
❇️ Forish tumani “Uchquloch” mahallasida joylashgan 10-umumta’lim maktabida ham birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jaranglab, yangi o‘quv yili boshlandi.
❇️ Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan maktabda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan katta e’tibor haqida so‘z yuritdilar.
❇️ Shundan so‘ng maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarga “Prezident sovg‘alari” topshirildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
