FORISH TUMANIDA BITIRUVCHI YOSHLARNING BANDLIGINI TA’MINLASH BOʻYICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
2025-08-28 15:30:00 / Majlislar

FORISH TUMANIDA BITIRUVCHI YOSHLARNING BANDLIGINI TA’MINLASH BOʻYICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
🔰 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 13-avgustdagi KQ-220–V-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tumanida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan tuman ishchi guruhi hamda yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
🔰 Uchrashuvda ishchi guruh rahbari, tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ra’no Daulanova, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elnora Ummatovalar ishtirok etdi.
🔰 Mazkur uchrashuvda tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim qilinib, yosh mutaxassislarni ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Tuman hokimligi tomonidan bitiruvchilarni mehnat bozoriga yo‘naltirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
🔰 Barcha tashkilot rahbarlaridan:
- bitiruvchi yoshlar bilan muntazam muloqot o‘rnatish;
- mavjud ish o‘rinlari haqida ochiq va aniq ma’lumot berish;
- mehnat sharoitlarini yaxshilash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratish talab etildi.
🔰 Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlar va vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
