BIRIKTIRILGAN YOSHLAR BILAN MULOQOT
2025-06-20 11:25:00 / Yangiliklar

BIRIKTIRILGAN YOSHLAR BILAN MULOQOT
Forish tuman hokimining o‘rinbosari, tashqi savdo va investitsiya bo‘limi boshlig`i Temur Sa’dullaev tumanning "Xonbandi" hamda “Qizilqum” mahallalarida o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan xonadonma - xonadon yurish orqali, ular bilan muloqot qildi.
Muloqot davomida yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, iste’dodini ro‘yobga chiqarish, borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart - sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida, yoshlarning qiziqish va intilishlari o‘rganildi. Ular bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora - tadbirlar belgilandi.
Yoshlar manfaati yo‘lida qilinayotgan bu sa’y - harakatlar negizida ertangi yorug‘ kelajak uchun qilinayotgan ezgu niyatlarning amalga oshishi bugundan boshlanadi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
