MAHALLALARNING ICHKI YO'LLARI TA’MIRLANMOQDA
2026-04-01 08:35:00 / Yangiliklar

MAHALLALARNING ICHKI YO'LLARI TA’MIRLANMOQDA
🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, aholiga qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish, yo’llar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumandagi mahallalarning yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlari davom ettirilmoqda.
🔹Ayni kunlarda Forish tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tumandagi “Qoraobdol ota” mahallasining Shoxusmon qishlog’ida ham ichki yo‘llarini kengaytirish, qum shag‘al to‘kib tekislash ishlari olib borilmoqda.
🔹Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham amalga oshirilmoqda.




