NAVRO‘Z NAFASI — BOLALAR QALBIDAGI QUVONCH VA MILLIY QADRIYATLAR JILOSI
2026-03-31 13:05:00 / Yangiliklar

NAVRO‘Z NAFASI — BOLALAR QALBIDAGI QUVONCH VA MILLIY QADRIYATLAR JILOSI
🌺 🌺 Bahor faslining eng go‘zal va quvonchli ayyomi bo‘lgan Navro‘z bayrami yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Forish tumani 3-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham katta shodu xurramlik bilan nishonlandi. Ushbu bayram tadbiri bolajonlar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.
🌺 🌺 Tadbir bayramona bezatilgan sahnada milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida boshlandi. Bolalar tomonidan tayyorlangan raqslar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, milliy liboslardagi chiqishlar Navro‘z an’analarini yanada jonli ifoda etdi.
🌺 🌺 Tadbirning eng qiziqarli qismlaridan biri milliy taomlar ko‘rgazmasi bo‘ldi. Unda sumalak, ko‘k somsa, osh va boshqa turli milliy taomlar namoyish etildi. Tarbiyachilar va ota-onalar tomonidan tayyorlangan ushbu lazzatli taomlar nafaqat ko‘rgazmani boyitdi, balki bolalarga milliy qadriyatlarimiz haqida tushuncha berishga ham xizmat qildi.
🌺 🌺 Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi va barchaga bayram tabriklari yo‘llandi. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌺 🌺 Navro‘z bayrami nafaqat tabiat uyg‘onishi, balki qalblar yangilanishi, mehr-oqibat va birdamlik timsoli ekanligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.






