"BAHOR TARONALARI" KO'RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO’LIB O’TDI
2026-02-24 17:10:00 / Yangiliklar

"BAHOR TARONALARI" KO'RIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO’LIB O’TDI
🎼 Forish tumani “Bog’don” mahallasi 30-son Madaniyat markazida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Bahor taronalari” mavzusidagi eng yaxshi va yangi asarlar ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
🎼 Tanlov jarayonida tuman badiiy jamoasi Nizom talablari asosida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarining rang-barang konsert dasturlarini namoyish etdilar.
🎼 Xususan, “Navro‘z va bahorni madh etuvchi eng yaxshi qo‘shiq”, “Eng yaxshi estrada ijrochiligi”, “Eng yaxshi o‘lan ijrochiligi”, “Eng yaxshi raqs jamoasi”, “Eng yaxshi baxshi ijrochiligi” hamda “Eng yaxshi folklor jamoasi” yo‘nalishlarida ijodiy chiqishlar tomoshabinlar va hakamlar hay’ati tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
🎼 Ishtirokchilar tomonidan bahor, yangilanish va milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqs va folklor namunalari yuksak mahorat bilan ijro etildi. Har bir chiqish milliy an’analarimizni asrab-avaylash, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy hayotimizni yanada boyitishga xizmat qildi.
🎼 Mazkur ko‘rik-tanlov viloyatning barcha tumanlarida bosqichma-bosqich o‘tkazilib, hakamlar tomonidan baholanadi hamda eng munosib ijodiy jamoalar va ijrochilar aniqlanadi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.









