BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
2026-02-10 17:05:00 / Yangiliklar

BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
✅ Forish tumani "Garasha" mahallasida joylashgan 80-maktabda fevral oyida e’lon qilingan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish oyligi” doirasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
✅ Mazkur tanlovning asosiy maqsadi o‘quvchilar ongida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushuncha berish hamda yoshlarni yot illatlardan asrashdan iborat bo‘ldi.
✅ Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar o‘z rasmlarida giyohvandlikka qarshi qat’iy munosabatni, sog‘lom va mazmunli hayotni targ‘ib etuvchi g‘oyalarni ifodaladilar.
✅ Tanlov yakunida eng mazmunli va ijodiy ishlarga ega bo‘lgan o‘quvchilar rag‘batlantirildi. Bunday tadbirlar yoshlarni hushyorlikka, mustahkam iroda va sog‘lom kelajak sari intilishga chorlaydi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.




