"YANGI YIL CHIROQLARINI YOQISH" BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
2025-12-20 19:05:00 / Yangiliklar

"YANGI YIL CHIROQLARINI YOQISH" BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
🎄Jizzax viloyat hokimining 2025-yil 14-dekabrdagi chora-tadbirlar rejasiga asosan bugun 2025-yil 20-dekabr kuni viloyatimiz bo‘ylab barcha tumanlarda jumladan Forish tumanida ham yangi yil chiroqlarini yoqishga start berilib, bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
🎄"Yangi yil chiroqlarini yoqish" bayram tabdiri ko‘tarinki ruxda xursandchilik bilan nishonlandi.
❄️Tadbirda Forish tuman hokimining yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlanish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Elnora Ummatova ishtirok etib barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan qutladi.
❄️Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi badiiy havaskorlari ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi.
☃️Qorbobo va qorqiz jamoalari bolajonlar uchun sovg‘alar ulashdi.
🔼Tadbirda namoyish etilgan mushakbozlik barchaning qalbiga zavq-shavq bag‘ishladi.
🛫Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
