TUMAN HOKIMI OʻQUV MARKAZLARI RAHBARLARI BILAN MULOQOT O`TKAZDI
2025-12-04 19:00:00 / Yangiliklar

TUMAN HOKIMI OʻQUV MARKAZLARI RAHBARLARI BILAN MULOQOT O`TKAZDI
📍 Forish tumanida o‘quv markazlari uchun muhim taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Bugun Forish tuman hokimi Soxib Islamov boshchiligida o‘quv markazlari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etdi.
👥Uchrashuv davomida:
✅Davlatimiz rahbari tomonidan xususiy ta’lim sohasiga yaratilayotgan imtiyozlar,
🕔12–13-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Ikkinchi o‘quv markazlari forumi” haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝Mazkur forum “2+6” dasturi hamda “Ko‘mak” loyihasi doirasida tashkil etilib, o‘quv markazlari uchun hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish,
🌱Yangi tashabbus va loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun keng imkoniyatlar yaratilishi bo`yicha tushunchalar berildi.
Shu munosabat bilan, Forish tuman hokimi va o'quv markazlari rahbarlari o'rtasida ochiq muloqot tashkillashtirildi. Uchrashuv davomida o'quv markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.
📃Ta’lim – kelajak poydevori!
📈Yangi imkoniyatlar, yangi yutuqlar sari birgalikda!
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
